Vol. 2 No. 4 (2026): Raqamli davrda til, tafakkur va madaniyat: sun’iy intellekt va gumanitar fanlar integratsiyasi
Published: May 7, 2026
Ushbu son O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi tomonidan 2026-yil 7-mayda o'tkazilgan "Raqamli davrda til, tafakkur va madaniyat: sun'iy intellekt va gumanitar fanlar integratsiyasi" mavzusidagi an'anaviy talabalar respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari to'plamidan iborat. To'plamga talabalar va yosh tadqiqotchilarning o'zbek, ingliz va rus tillarida yozilgan 100 ta maqolasi kiritilgan. Maqolalarda sun'iy intellekt va gumanitar fanlarning o'zaro bog'liqligi keng ko'lamda yoritilgan: amaliy tilshunoslik va til o'qitish, sun'iy intellektga asoslangan hamda adaptiv ta'lim, tarjimashunoslik, diskurs tahlili va pragmatika, korpus va kognitiv tilshunoslik, madaniyatlararo kommunikatsiya, adabiyotshunoslik, shuningdek raqamli transformatsiyaning madaniy va ijtimoiy jihatlari. Maqolalar majmuasi raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt til, muloqot va madaniyatni qanday o'zgartirayotgani haqidagi zamonaviy talabalik tadqiqotlarini aks ettiradi.