AKADEMIK YOZUV KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDA SUN’IY INTELLEKT IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH
Abstract
Ushbu maqolada sun’iy intellect texnologiyalarining oliy ta’lim tizimida talabalarga ingliz tilida akademik yozuv ko‘nikmasini rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganiladi. Akademik yozuv usuli ingliz tilini xorijiy til sifatida o‘rganuvchi talabalari uchun hamisha lingvistik aniqlikni, tanqidiy fikrlashni va ilmiy izchillikni talab qilishi hamda rasmiy uslubga rioya etishi bilan qiyinchilik tug‘dirib kelmoqda. Bu o‘rinlarda sun’iy intellect imkoniyatlariga keng tayangan holda yaratilgan turli ilova va platformalar talabalarga akademik yozuv ko‘nikmalarini rivojlantirishga ko‘mak beradi. Kalit so‘zlar: sun’iy intellekt, akademik yozuv, kognitiv kompetensiya, lingvistik kompetensiya 48 Raqamli davrda til, tafakkur va madaniyat: sun’iy intellekt va gumanitar fanlar integratsiyasi So‘nggi yillarda sun’iy intellect texnologiyalarining jadal rivojlanishi bir qancha sohalarni qayta qurishga hissa qo‘shdi ta’lim sohasi ham bundan mustasno emas. Ta’limda eng ko‘p sun’iy intellect ta’siriga uchragan soha bu akademik yozuv bo‘lib, u yuqori darajadagi lingvistik aniqlik va xolislikni talab qilishi bilan ajralib turadi. An’anaviy o‘qitish usulida akademik yozuv ko‘nikmasini shakllantirishda har bir ta’lim oluvchining individual imkoniyatlarini inobatga olish, bosqichli feedback berish hamda mustaqil ta’lim olish imkoniyatlarini yaratib berish kabi jihatlarda qiyinchiliklarga duch kelishi sababli sun’iy intellect asosida ishlovchi dastur va platformalar innovatsion yechimlar taklif qilishi bilan bu masalaga yechim beradi. Ushbu maqolada sun’iy intellekt asosida akademik yozuv ko‘nikmasini rivojlantirish masalalari va istiqbollari tahlil qilinadi. Akademik yozuv ko‘nikmasini shakllantirishning imkoniyatlari va muammolari Akademik yozuv ko‘nikmasi o‘zining murakkab ko‘p jarayonli bosqichlari bilan boshqa ko‘nikmalardan tubdan farq qiladi. Ushbu ko‘nikmani shakllan tirishda lingvistik, kognitiv hamda kommunikativ kompetensiyarni shakllantirib olishning ahamiyati katta. Bu xususda fikrReferences
- K. Hyland Second language writing Cambridge University Press. 2019.
- S. Graham. A revised writers eithin community model of writing Educational psychologist 2018.
- J.Bitchener, D. Ferris Written corrective feedback in second language acquisition. Routledge 2012.
- M.Warschauer, D.Grimes Automated writing assessment in the classroom Pedagogies 2008.
- D. Mamatova Chet tillarini o‘rganishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil. Jild 2./
- D.Umirova va boshqalar Xorijiy tillarni o‘qitishda sun’iy intellektning o‘rni va ahamiyati. 50 International scientific and practical conference 2025.
How to Cite
AKADEMIK YOZUV KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDA SUN’IY INTELLEKT IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH. (2026). Spectrum of Development, 2(4), 48-50. https://spectrumofdevelopment.com/index.php/sod/article/view/1626
License
This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License (CC BY 4.0). You are free to share and adapt this work for any purpose, including commercially, provided you give appropriate credit to the original author(s) and source, provide a link to the license, and indicate if changes were made.
License: creativecommons.org
How to Cite
AKADEMIK YOZUV KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDA SUN’IY INTELLEKT IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH. (2026). Spectrum of Development, 2(4), 48-50. https://spectrumofdevelopment.com/index.php/sod/article/view/1626